Home Bazarbayeva Shaxzada Allayar qizi

Bazarbayeva Shaxzada Allayar qizi

Zulfiya  va Navoiy nomli Davlat stipendiyalari sohibasi

 

Bazarbaeva Shaxzada 1997 yili 3 dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi buyicha “Kamalak” bolalar tashkilotining sardorlar kengashi a’zosi bG‘lgan. Hozirda YozDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti 2-bosqich talabasi.

2009 yildan hozirgacha Qoraqalpog‘iston televideniesida bolalar uchun “Oylan, izlen, tap!”, “Shaqqanlыq maydanы” va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xotin-qizlar qG‘mitasi tomonidan tashkil qilingan “Qыzlar ushыn” kG‘rsatuvlarini muntazam ravishda olib bormoqda.

2011-2013 yillarda  “Qoraqalpog‘iston” radio kanalida bolalar eshittirishini olib borgan.

2012 yili Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil qilingan “Assalom maktab” insholar tanlovida Yozbekiston Respublikasi miqyosidagi final bosqichida qatnashib,     2-G‘rinni egallagan.

2012 yili noyabr oyida  bolalar ijodiyoti festivalining Toshkent shahridagi yakuniy bosqichiga qatnashib, faol qatnashganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2013 yilning aprel oyidan hozirgi vaqtgacha “Nukus FM” radiosida jonli efir orqali “We learn English”, “Yeң, yeң, yeң”  eshittirishlarini va “Sport dunyasы”, “Gөzzallыq bostanы”, “Kamolot-info” ruknlarini G‘zi tayyorlab olib boradi.

2013 yilda “Yurt kelajagi-2013” iqtidorli yoshlar tanlovining “Adabiyot” yG‘nalishining Publitsistika nominatsiyasi bG‘yicha Buxoro viloyatida bG‘lib G‘tgan final bosqichi ishtirokchisi, 2014 yilda esa, shu tanlovning jurnalistika nominatsiyasi bG‘yicha Yozbekiston Respublikasi miqyosidagi final bosqichida g‘oliblikni qG‘lga kiritib, tanlovning kubok va diplomini qG‘lga kiritdi.

Bazarbaeva Shaxzada Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Kamolot» YoIH ning faol a’zosi.

Sportning tennis va shaxmat-shashka turlari bilan muntazam shug‘ullanib turadi. Respublika “Yosh G‘smirlar tennis maktabi”ga a’zo. Litseyda  tashkillashtirilib G‘tkazilgan sport musoboqalarida qatnashib, faxrli G‘rinlarni egallagan.

2013 yili “Amet baqsы” nomidagi 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining raqqoslik bG‘limini muvaffaqiyatli bitirgan.

2014 yili Bazarbaeva Shaxzadaning “Үmit ushqыnlarы” nomli ilk she’riy kitobi  “Qoraqalpog‘iston” nashriyotidan chop etilgan.

Uning 200 ga yaqin she’rlari va maqolalari respublikamizning tG‘rli gazeta va jurnallarida yoritilib kelinmoqda. Shuningdek “Maktab”, , “Mustaqillik” she’rlariga musiqa bastalangan.

2015-yil Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori. Yozbekiston yoshlar faolioqi faoli.

Hozirgi kunda u ilmiy maqola va tezislar yozib kelmoqda. Shu kungacha uning Yozbekiston Respublikasi va xalqaro miqiyosida 83 ta ilmiy maqola va tezislari chop yetildi. Ilmiy rahbari P.Omanov uni doimo qG‘llab-quvvatlab kelmoqda. Publitsistik maqolalari esa «Ustaz jolы», » Jetkishek», «Kegeyli turmыsы», «Qaraqalpaqstan jaslarы», «Qaraqalpaq adebiyatы» , «Tong yulduzы» va boshqa gazetalarda chop yetilib kelmoqda. Tinib tinchimaydigan bu qizning gazetalarda 200 dan ortiq maqola va she’rlari chop etilgan, 100 ga yaqin tanlovlardai g‘oliblikni qG‘lga kiritgan. Bazarbaeva Shaxzada ingliz, rus va qozoq tillarini mukammal darajada biladi.

Bunday izlanishlar natijasida u 2018 yil Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bG‘ldi. Kitob bilan yaqindan dG‘st tutungan  Shaxzada Bazarbaevadan kelajakda bundan ham yaxshi natijalarni kutib qolamiz va unga ishonamiz!

 

 

Uskunalar paneliga o'tish