Home YOSH TADQIQOTCHILAR

YOSH TADQIQOTCHILAR

O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti ingliz tili 2- fakulteti qoshidagi “Young Researchers” («Yosh tadqiqotchilar») talabalar ilmiy kengashi Kanadaning Toronto Talim va Treyning markazi bilan hamkorlikda, maqola yozishning nazariy asoslari mavzusida onlayn semenar treyning o‘tkazdi. Tadbir avvalida ingliz tili 2-fakulteti dekani P. Omanov, ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi (PhD) X. Samigova , fakultet ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini R.Norqulovlar so‘zga chiqib, bugungi tadbirning mazmun mohiyati va ahamiyatini talaba-yoshlarga ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng Kanadaning Toronto Talim va Treyning markazi o‘qituvchisi Isomuxammedova N. (PhD) onlayn seminar darsini olib bordi. Dars davomida talabalarga maqola yozishning nazariy asoslari haqida juda ko‘plab malumolar berib, o‘zining darsini ko‘rgazmali chiqish orqali tushuntirdi. Onlayn seminar darsi Toronto vaqti bilan tungi 23:00 da Toshkent vaqti bilan kunduzgi 10:00 da internet tarmog‘i orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri dars olib borildi. Isomuxammedova Nodira (PhD) tomonidan taqdim etilgan taqdimot talabalarda chuqur taasurot va ilmiy sohaga qiziqish uyg‘otdi. Tadbir yakunida ustoz-murabbiylar, talabalar va erkin tinglovchilar maqola yozishning nazariy asoslari haqidagi o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Uskunalar paneliga o'tish